“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun
(O‘RQ–821-son, 09.03.2023-y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati
Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:
- shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;
- mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda;
- sud qarorlari
- Vazirlar Mahkamasi;
- Agentlik;
- maxsus vakolatli davlat organlari;
- davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:
• O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
• moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari.
Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.