2023 yil 31 mart kuni boshqarma majlislar zalida viloyatimizdagi davlat ishtirokidagi korxona va jamiyatlar vakillari ishtirokida “Korporativ boshqaruv tizimidagi islohotlar” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda oxirgi 2 yil mobaynida Respublikamiz korxonalari korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonunlariga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi yangiliklar yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi.