- Просмотров: 13
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati Karmana tumani “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Polietilen quvurlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ijroiya organi rahbari (bosh direktori) lavozimiga TАNLOV eʼlon qilinadi.
Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el fuqarolari boʼlishi mumkin.
Tanlovga hujjatlarni taqdim etish muddati 20 kun. Hujjatlar 31 avgustdan 20 sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlov 2023 yil 22-23 sentyabr kunlari oʼtkaziladi.
Tanlovda qatnashish boʼyicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz soʼraladi: Navoiy shahri, S.Аyniy koʼchasi 27 uy. (3-etaj, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi).
Telefonlar: 79-225-07-73,
Tanlovda qatnashish uchun talab etiladigan
hujjatlar toʼplami
1. Аriza
2. Аnketa –Аvtobiografiya (rasm bilan)
3. Pasport nusxasi
4. Mutaxassisligi toʼgʼrisidagi, shuningdek qoʼshimcha diplom (sertifikatlar) nusxalari
5. STIR nusxasi
- Просмотров: 15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aktsiya paketlari va 1046 ta koʼchmas mulk obʼektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida “bitta aktsiya – bitta lot” tamoyili asosida “xalqchil IPO” orqali taklif etilishi belgilangan.
Viloyatdagi tuman (shahar)larda mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʼibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 9 avgust kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Nurota tumani va Gʼozgʼon shahrida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʼsh turgan davlat mulki obʼektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʼgʼrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʼtkazildi.
Ushbu tadbirda 100 nafardan ziyod sohaga aloqador tuman tashkilot vakillari, tadbirkorlar va investorlar ishtirok etdi.
“Roadshow” ishtirokchilariga Davaktiv agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq jami 117 ta davlat aktivlari auktsion savdolariga chiqarilganligi, shundan 21 ta davlat aktivlari 58,3 mlrd.soʼm qiymatga boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotilganligi maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, 2022 yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 2110 ta 25,4 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion savdolariga chiqarilgan boʼlib, shundan 730 ta 97,9 gektar yer uchastkalari 35,1 mlrd.soʼmga sotilishiga erishilgan.
Nurota tumanida 2023 yil oʼtgan davri mobaynida jami 10 ta davlat aktivlari auktsion savdolariga chiqarilgan boʼlib, shundan 3 ta davlat aktivlari 474 mln.soʼm qiymatga boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotilishiga erishildi.
Bundan tashqari, qatnashchilarga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʼzlariga tegishli boʼlgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʼyicha tushuntirishlar berildi.
O‘z o‘rnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʼyicha "master-klass" oʼtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.
- Просмотров: 38
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1046 ta koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “xalqchil IPO” orqali taklif etilishi belgilangan.
Hududlarda mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʻibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 25-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Navoiy viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda 150 nafardan ziyod mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.
“Roadshow” taqdimoti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Nurali Atajonov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Islomiddin Norimov boshchiligida boʻlib oʻtdi.
“Roadshow” ishtirokchilariga Davaktiv agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq jami 117 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilganligi, shundan 21 ta davlat aktivlari 58,3 mlrd. soʻm qiymatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganligi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, 2022 yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 2110 ta 25,4 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib, shundan 730 ta 97,9 gektar yer uchastkalari 35,1 mlrd.soʻmga sotilishiga erishilgan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan Navoiy viloyatidagi jami 106 ta davlat va davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining aktivlari, shundan 71 ta koʻchmas mulk obyektlari, jumladan, “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “Navoiy KMK” AJning 2 foiz aksiya paketlari hamda “Janubsanoatmontaj” AJning 20,7 foiz aksiya paketlari “xalqchil IPO”ga chiqarilishi yaqindan tanishtirildi.
Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Oʻz oʻrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha “master-klass” oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.
Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan “Roadshow” davomida Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʻtdilar.
Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari uchun Press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan tadbirkorlar tomonidan ushbu obyektlar negizida bajarilgan ishlar, shuningdek sotuvga chiqarilgan davlat aktivlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Shu kabi tadbirlar bugungi kunga qadar Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida oʻtkazildi, shuningdek yil davomida respublikamizning qolgan barcha viloyatlarida, Toshkent shahrida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.